Maktab tarixi

Maktabning yaratilishi haqidagi ma'lumotlar

Maktab dastlab 1923-1924 oʻquv yilida Tolibjon Xoʻja degan boyning hovlisida “Tayanch” nomi bilan ish boshlagan. Chaqar, Charmgar, Buzrukobod, Qoʻrgʻoncha mahallalaridan oʻquvchilar qatnashgan.

Abduqodir Sharopov maktab mudiri boʻlib ishlagan. 1927-1928 yillarda “Namuna” nomi berilgan. Oʻsha davr maktabga H.Jabborov direktorlik qilgan.

1928-1929 yillarda maktab I.Yo.M (ishchi yoshlar maktabi) deb yuritilgan, uning direktori R.Roʻziyev boʻlgan. Undan keyin B.Haqnazarov maktabga direktorlik qilgan.

Maktabning birinchi direktorlari: A.Bozorov (Xorazm), R.Zuhurov (Toshkent), B.Karamatov (Samarqand), B.Haqnazarov (Shahrisabz), R.Ro’ziyev (Qarshi).

1940-yilda birinchi marotaba 10-sinfni 10 nafar oʻquvchi bitirib, oʻrta ma’lumotli bo’lgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida maktab gospitalga aylantirilgan. 1943-1944 yildan maktab yana ish boshlagan. 1937-1960 yillarda maktab I.Stalin nomi bilan atalgan. 1961-yildan boshlab A.Navoiy nomi bilan atala boshlagan. Shu maktabdan 1954-1955 yilda Kalinin (Behbudiy), 1970-1971 yilda Furqat nomli, 1990-yilda I.Shukurov nomli maktablar  ajralib chiqdi. Shu yillar davomida Sh.Davlatov, A.Turayev, I.Shukurov, N.Nusurov, S.Salomovlar direktorlik qilganlar.

Maktab 1988-1989 yilda to’liq qayta qurildi. 3ta oʻquv korpusi, sportzal, oshxona, 6 xonadan iborat oʻquv ustaxonasi, 50 metrlik otish tiri qurib ishga tushirildi.

1984-2003 yillar maktabga X.Nurillayev, 2004-2008 yillar G’.Temirov, 2008-2012 yillar M.Sharipova rahbarlik qilishdi. 2012-yildan buyon A.Rajabova maktabga rahbarlik qilib kelmoqda.