Bo'lim: <span>Yangiliklar</span>

INFORMATIKA OLAMIGA SAYOHAT

2021-yil 16-fevral kuni maktabning informatika o’qituvchilari Muxiddinova Nargiza va To’xtayeva Gavharlar tomonidan 7-«G» sinf o’quvchilari ishtirokida tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan fanga oid she’rlar, topishmoqlar, qiziqarli ma’lumotlar aytildi va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Maktabda Navoiyxonlik va Boburxonlik kechalari o’tkazildi.

2021-yil 9-fevral kuni maktabning ona tili va adabiyot fan o’qituvchilari Jo’rayeva Nigora va Haydarova Saboatlar tomonidan Alihsert Navoiy tavalludining 580 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligiga bag’ishlangan badiiy kecha tashkillashtirildi. badiiy kecha davomida o’quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan namunalar aytildi hamda sahna ko’rinishlari namoyish qilindi. 2021-yil 9-fevral kuni maktabning ona tili va adabiyot fan o’qituvchilari Jo’rayeva Nigora va Haydarova Saboatlar tomonidan Alihsert Navoiy tavalludining 580 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligiga bag’ishlangan badiiy kecha tashkillashtirildi. badiiy kecha davomida o’quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan namunalar aytildi hamda sahna ko’rinishlari namoyish qilindi.

ONLAYN-MAKTAB BO‘YICHA TAKLIFLAR O‘RGANIB CHIQILADI

Xalq ta’limi vazirligi o‘z oldiga qo‘ygan asosiy masala Onlayn-maktabni qisqa muddatda, 4-chorak boshlanishiga ishga tushirish edi. Bu vazifa barcha guruh a’zolari va hamkorlarning fidokorona mehnati natijasida ko‘zlangan vaqtda amalga oshirildi.
Navbatdagi masala, ushbu darslarni doimiy takomillashtirib borish. Shu sababli takliflarni yig‘ish bo‘yicha onlayn forma tashkil etilgan edi. Hozirga qadar 90 ga yaqin takliflar kelib tushdi.
Darslar efirida uzilish bo‘lib qolmasligi uchun onlayn darslar kamida bir hafta zaxirasi bilan yozib boriladi va montaj vaqtiga qarab efirga uzatiladi.
Shu alohida ta’kidlash joizki, taklif berish bilan tezda o‘zgarish bo‘lishi biroz mushkul masala. Sababi, u taklif o‘rganib chiqilib, o‘qituvchilarga, mutaxassislarga tushuntiriladi. Undan so‘ng yangi olingan dars kamida bir haftadan keyin efirga uzatiladi.
Barcha takliflarni quyidagi forma orqali yuborishingizni iltimos qilamiz:
bit.ly/onlinemaktabfikr
Takliflarni o‘qish uchun (taxminan 5 daqiqada avtomatik yangilanadi): bit.ly/onlinemaktabtaklif
Takliflar statistikasi (taxminan 5 minutda avtomatik yangilanadi): bit.ly/onlinemaktabstat

UNESKO XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN MASOFADAN O‘QITISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLAYDI

UNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston hukumati tomonidan COVID-19 epidemiyasiga qarshi ko‘rilayotgan choralarni, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yillik o‘quv dasturlari asosida teledarslar tarzida o‘quvchilarni masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Koronavirus – o‘qitmaslik uchun bahona emas! UNESKOning monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, 16-mart holatiga dunyoning 56 mamlakatida maktablar yopildi. Bu 516,6 million o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadi. Yunesko barcha a’zo davlatlarni masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga chorlaydi va axborot texnologiyalari asrida favqulodda holat uzluksiz ta’lim jarayonining buzilishiga sabab bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.

TAYYORLANAYOTGAN VIDEODARSLARDA PISA TOPSHIRIQLARI HAM OʻRIN OLGAN

Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida mamlakatimiz 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu boisdan ham xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada oʻqituvchilar malakasi hamda oʻquvchilarning funksional savodxonligini oshirish, ularning PISA xalqaro baholash dasturi doirasidagi topshiriqlarning turlari, mazmun-mohiyatini bajarish usullari bilan tanishtirish hamda dars jarayoniga integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda Xalq taʼlimi vazirligi va milliy teleradiokompaniya tarkibidagi telekanallar hamkorligida videodarslar suratga olinmoqda.

7-8-sinflar uchun algebra, geometriya, fizika, kimyo, biologiya, geografiya fanlari yuzasidan tayyorlanayotgan videodarslarning barchasida oʻquvchilar savodxonligini oshirish, berilgan topshiriqlarni yechish orqali ularning kreativ, mantiqiy, tanqidiy fikrlashi va hayotiy muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan PISA topshiriqlari ham oʻrin olgan.

Bunday videodarslar nafaqat oʻquvchilar savodxonligini oshiradi, balki oʻqituvchilar mahoratini hamda xalqaro baholash dasturlari yuzasidan tasavvurini oshishiga ham xizmat qiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi va milliy teleradiokompaniya tarkibidagi telekanallar hamkorlikda suratga olayotgan videodarslarni kuzatib boring.

Yaqin kunlar ichida videodarslar “Oilaviy”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Dunyo boʻylab” va “Yoshlar” telekanallarida hamda Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida (@uzedu) namoyish etiladi.

OʻQITUVCHILARGA HAQ TOʻLANADIGAN TAʼTIL BERILISHI KERAK

OAVda Toshkent maktablaridagi oʻqituvchilardan oilaviy sharoitiga koʻra oʻz hisobidan ikki hafta taʼtil olish uchun ariza yozishi talab etilgani toʻgʻrisida maqola eʼlon qilindi.Maqolada aytilishicha, bunday arizalarni olish toʻgʻrisida 16-mart kuni buyruq olingan.

2020-yilning 15-mart kuni Xalq taʼlimi vazirligi soha xodimlarining amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdan tashqari taʼtilga chiqishi toʻgʻrisida rasmiy bayonot berdi.Bayonotda xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat taʼtilining bir qismini olishi mumkinligi taʼkidlandi.

Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridahaq toʻlanadigan taʼtil berishga oid talablar belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi).Agar ushbu talablar bajarilmasa, xodimlarga qonunchilikka muvofiq ish haqi toʻlanmaydigan taʼtilga chiqish taklif qilindi.

Shuningdek, 2020-yil 17-martda boʻlib oʻtgan brifingda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hukumat komissiyasining qaroriga binoan 18-martdan boshlab, barcha oʻqituvchilarga mehnat taʼtili berilishini eʼlon qildi.

2020-yil 17-martda Xalq taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi qabul qilindi.Buyruqda qayd etilishicha, istisno tariqasida xodimlarga yillik taʼtilning qisqarishi munosabati bilan navbatdan tashqari taʼtil beriladi.

Ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi haqida yozgan xodimlar hujjatlarni qayta rasmiylashtirish uchun maktab maʼmuriyatiga murojaat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, xalq taʼlimi hududiy boʻlinmalarining rahbarlariga haq toʻlanadigan taʼtilni roʻyxatdan oʻtkazish talablariga rioya etishni taʼminlash vazifasi topshirildi.

TAʹTIL PAYTIDA BILIM OLISH UCHUN MAVJUD IMKONIYATLAR

Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun 2020-yilning 16-mart kunidan eʼtiboran qoʻshimcha taʼtil eʼlon qilindi. Mazkur sahifada taʼtil paytida taʼlim olish boʻyicha tavsiyalar va resurslar taqdim etiladi.

Televizion darslar jadvali

Tavsiyalar

Ota-onalar, oʻquvchilar va oʻqituvchilarga tavsiyalar

Oʻquvchilarning taʼtil paytida uyda mustaqil tarzda taʼlim olishlari uchun namunaviy dars tavsiyalari ishlab chiqildi

Onlayn olimpiadalar

Taʼtil paytida oʻquvchilar onlayn olimpiadalarda ishtirok etishi mumkin

Masofaviy taʼlim resurslari

Khan Academy

Matematika fanidan 6-7-8-sinf oʻquvchilar uchun videodarslar

Taʼlim resurslari

Edu Market

Kitob.uz

Eduportal

Online Maktab

maktab.uzedu.uz

Utube.uz

Videodarslar

 Taʼtilda farzandlarimizning bilim olishi uchun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda videodarslar tasvirga olinmoqda.

26-mart kunidan boshlab videodarslar anonslari, 30-mart kunidan videodarslar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanalida – 1-4-sinf“Oilaviy” telekanalida – 5-8-sinf“Madaniyat va marifat” telekanalida – 9-11-sinf oʻquvchilari uchun, “Dunyo boʻylab” telekanalida barcha amaliy fanlardan darslar namoyish etiladi.

Shu bilan birga, videodarslar Xalq taʼlimi vazirligi sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlari orqali (t.me/uzedu va fb.com/uzedu) hamda kundalik.com onlayn taʼlim portalida eʼlon qilib boriladi.

Videodarslarni namoyish etish vaqtlari “Yoshlar”, “Oilaviy”, “Madaniyat va maʼrifat” va “Dunyo boʻylab” telekanallari va Xalq taʼlimi vazirligi internet resurslari orqali ham berib boriladi.

kundalik.com platformasi orqali oʻqituvchilar oʻquvchilarning videodarslar orqali bilim olishlarini nazorat qilishlari hamda baholab borishlari imkoniyatini beradi.

Hurmatli ota-onalar, taʼtil vaqtida farzandingizning bilim olishi va dars qilishlarini nazoratga olishingizni soʻrayman!

Kundalik platformasidan foydalanish boʻyicha tavsiyalar

Oʻqituvchilar uchun videoyoʻriqnomalarga havolalar:

https://mover.uz/watch/vToTGvWm/

https://mover.uz/watch/RAL8GvWm/

https://www.youtube.com/watch?v=sQrSTgippZg

https://www.youtube.com/watch?v=qQXmmgAvjJw

Ota-onalar va oʻquvchilar uchun videoyoʻriqnomalarga havolalar:

https://mover.uz/watch/FzI5GvWm/

https://mover.uz/watch/xasFGvWm/

https://www.youtube.com/watch?v=XDsLyr_BslY

https://www.youtube.com/watch?v=SIvvygMX4cI

Sahifa yangilanmoqda